Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ish va shaxsiy hayot: Qozog‘iston eng yaxshi 50 mamlakat qatoriga kirdi

Ish va shaxsiy hayot: Qozog‘iston eng yaxshi 50 mamlakat qatoriga kirdi

Qozog‘iston ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 50 mamlakat qatoriga kirdi. Reytingni Remote platformasi e’lon qildi.

Mamlakatlar quyidagilar asosida baholandi:

  • to‘lanadigan ta’til;
  • onalar uchun imtiyozlar;
  • eng kam ish haqi;
  • sog‘liqni saqlash;
  • xavfsizlik;
  • baxt darajasi.

Birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya band etdi. Bu mamlakatda ishlovchilar yiliga 32 kun to‘lanadigan ta’tilga chiqishlari mumkin, homiladorlik va tug‘uruq davri uchun 26 haftalik to‘lanadigan ta’til ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi o‘rinda — Irlandiya, bu mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi barcha aholini qamrab olgan va eng kam ish haqlari yuqori. Uchlikka kirgan Belgiyada ham Yevropadagi eng yuqori minimal maoshlar va yaxshi ijtimoiy kafolatlar ko‘zda tutilgan.

Yetakchi o‘nlikka Germaniya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Finlyandiya kirdi.

Ushbu reytingda Rossiya — 43-o‘rin, Qozog‘iston — 46-o‘rinni band etdi.

Bular qatorida O‘zbekiston yo‘q, chunki reytingda iqtisodiyoti eng yirik 60 mamlakat solishtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring