Ishchanlik qobiliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar ma’lum qilindi
Inson ish kuni davomida o‘zini baquvvat va tetik his qilish uchun nimalar iste’mol qilishi kerak? Endokrinolog Mariya Kaloshina bu haqda ma’lumot berdi.
Mutaxassisning aytishicha, meva va yog‘li baliq iste’mol qilish inson tanasining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, olma kun bo‘yi energiya beradi, apelsin kayfiyatingizni ko‘taradi, banan yuqori kaliy miqdori tufayli yurak faoliyatini yaxshilaydi, avakado esa energiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ozuqa moddalari va omega yog‘ kislotalari bilan ta’minlaydi.
Baliq charchoqni kamaytiradigan kislotalarni ham o‘z ichiga oladi. Ular, shuningdek, yanada samarali miya faoliyatiga hissa qo‘shadi.
«Ammo ratsiondagi go‘sht yog‘siz bo‘lishi kerak. Tovuq va kurka go‘shti ma’qulroq. Shunday qilib, organizm oziq-ovqat hazm qilish uchun qimmatli energiyani behuda sarflamaydi va aksincha, sizga kuch qo‘shadi», - dedi shifokor.
Mutaxassis sabzavotlarni ham unutmaslikka chaqirdi. Agar biror kishi ularni o‘z diyetasiga kiritsa, u ulardan tolalar, vitaminlar va minerallarni oladi. Endokrinolog dukkaklilarni magniy va kaliy manbai, energiya manbalari sifatida donli mahsulotlar va qora shokoladni misol qilib keltirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter