Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishdan bo‘shatishlar davom etadi: haydalganlar soni tizim bo‘yicha 500 nafardan oshdi

Ishdan bo‘shatishlar davom etadi: haydalganlar soni tizim bo‘yicha 500 nafardan oshdi

Foto: «Tafsilot.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Sobiq Moliya vaziri va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i panohida bo‘lgan, hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan «kalamushlar»ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat’iy topshiriqlar berilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

23-dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda uning 3 nafar o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi. Shundan so‘ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodimlar):

— g‘aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim);

— pensiya jamg‘armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim);

— Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim), jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini innovatsion g‘oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring