Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada anomal jazirama mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘ldi

Ispaniyada anomal jazirama mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘ldi

Foto: RND.de

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, shu yilning 16-mayidan 13-iyuliga qadar davom etgan anomal jazirama oqibatida mamlakatda mingdan ortiq odam vafot etgan.

Ispaniyada meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oyi 2025-yilgisi bo‘ldi, deb yozdi SRN News.

«Karlos III instituti MoMo tizimi (kunlik o‘limlar monitoringi tizimi) 2025-yilning 16-mayidan 13-iyuliga qadar qayd etilgan o‘lim holatlarining 1 180 tasini anomal issiq havo bilan bog‘ladi. 2024-yilning xuddi shu davrida jazirama bilan bog‘liq 114 ta o‘lim qayd etilgandi — solishtirganda, issiq havo oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi 1035 foizdan ko‘proqqa oshgan», — deyiladi xabarda.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jazirama oqibatida olamdan o‘tganlarning 95 foizi — 65 yoshdan kattalar, aksariyati — ayollar. Shuningdek, 10 ta o‘lim holati issiq urishi bilan bog‘liqligi aniqlangan, ulardan besh nafari — keksalar, to‘rt nafari — 52 yoshdan 62 yoshgacha bo‘lganlar, bir holatda ma’lumot aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring