Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil 1,5 million falastinlik yashiringan shaharga hujum tayyorlamoqda

Isroil 1,5 million falastinlik yashiringan shaharga hujum tayyorlamoqda

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga quruqlikdagi operatsiya amalga oshiriladi, uning sanasi allaqachon kelishib olingan. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rafahga hujum G‘azo sektorida saqlanayotgan isroillik mahbuslarni ozod qilish va «Hamas ustidan g‘alaba qozonish» uchun zarur.

Bir kun avval Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Isroil armiyasi Rafahga hujumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘z bo‘linmalarini Xon Yunusdan olib chiqib ketganini aytdi.

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida 1,5 million falastinlik Isroil armiyasi hujumlaridan boshpana topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring