Isroil G‘azo aholisiga yana 6 soat muhlat berdi

Isroil armiyasi g‘azoliklarga «xavfsizligi uchun» hudud janubiga ko‘chib o‘tishlari uchun yana 6 soat vaqt berdi.
Isroil armiyasi voizing arab tilida e’lon qilishicha, shanba kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha janubiy hududdagi ikkita asosiy yo‘lda g‘azoliklarga xavfsiz harakatlanish imkonini bergan.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni BMT vakillari Isroil armiyasidan 24 soat ichida qamaldagi G‘azo sektoridan 1,1 millionga yaqin odamni evakuatsiya qilish zarurligi haqida ma’lumot olgandi.
BMT xabariga ko‘ra, bu davrda o‘n minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishgan. Bungacha G‘azo sektoridan umumiy hisobda 400 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etgan edi. Hududda raketa Isroilning raketa zarbalaridan halok bo‘lganlar soni 1,9 mingdan oshdi, 7,7 ming kishi jarohat oldi.
Falastinning HAMAS harakati vakillari, o‘z navbatida, Isroil qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan G‘azo sektori aholisiga uylarini tark etishga hojat yo‘qligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter