Isroil HAMASning olti qo‘mondoni o‘ldirilganini e’lon qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari, Razvedka boshqarmasi, Milliy xavfsizlik agentligi va Janubiy Qo‘mondonlik bilan birgalikda o‘tkazgan operatsiyada 6 HAMAS dengiz qo‘mondoni o‘ldirildi.
"O‘ldirilgan jangarilar "Temir qilichlar" urushi davrida Isroil tinch aholisi va xavfsizlik kuchlariga qarshi dengizda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. O‘ldirilganlarning bir nechtasi 7 oktyabr kuni shafqatsiz qirg‘inni rejalashtirishda ishtirok etgan", — deya iddao qilinadi Isroil bayonotida.
Isroil hozirda HAMAS dengiz kuchlariga qarshi harbiy amaliyotlar olib bormoqda. Ular “ko‘p sonli terror nishonlari”, jumladan, harbiy kemalar, qurol-yarog‘ omborlari va XAMASga aloqador boshqa aktivlarni nishonga olmoqda.
1 iyul kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini yangi hududlarga kengaytirgani va o‘nlab “terrorchilar va yuzlab terror infratuzilma ob’yektlari” yo‘q qilingani haqida xabar bergani ma’lum bo‘ldi. Isroil harbiy-havo kuchlari 24 soat ichida anklavdagi 140 ta harbiy ob’yektga hujum qildi.
Ushbu hujumlarda o‘nlab tinch aholi vakillari ham qurbon bo‘lmoqda. G‘azoda qurbon bo‘lgan tinch aholi soni 55 mingga yaqinlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter