Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Rossiya manfaatlariga qarshi bayonot bilan chiqdi

Isroil Rossiya manfaatlariga qarshi bayonot bilan chiqdi

Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekanini bildirgan Isroil, rossiyaparast ayrimachilar nazoratidagi hududlarda o‘tkazilgan referendumlarni tan olmasligini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Ukraina sharqidagi ayrimachilar nazorati ostidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar tan olinmasligi bildirildi.

Bayonotda Isroilning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, referendum natijasida Rossiyaning ushbu hududlarni anneksiya qilishi kutilar ekan, rasmiy Moskva referendumdan keyin Rossiya hududi deb hisoblangan hududlarni himoya qilish uchun strategik yadro qurollaridan ham foydalanishlari mumkinligini bildirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring