Isroil va AQSh Falastinni tan olish haqidagi qarorga qarshi chiqdi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorini qoraladi.
«Bunday harakat terrorizm uchun mukofot. Hozirgi sharoitda Falastin davlati Isroil bilan tinch-totuv yashash uchun emas, balki uni yo‘q qilish uchun tramplinga aylanadi. Aniqroq aytganda, falastinliklar Isroil bilan yonma-yon davlat qurishni emas, balki Isroil o‘rniga o‘z davlatlarini barpo etishni xohlaydilar», – dedi Netanyahu.
Mudofaa vaziri Israel Kats esa Isroil o‘z xavfsizligiga tahdid soluvchi Falastin tuzilmasining yaratilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib chiqish qildi.
O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Qo‘shma Shtatlar Makronning rejasini «qat’iy rad etishini» aytdi.
«Bu – o‘ylanmasdan qilingan qaror bo‘lib, faqatgina HAMASning targ‘iboti uchun xizmat qiladi va tinchlik jarayonini izdan chiqaradi. Bu 7-oktyabr kunidagi hujum qurbonlariga urilgan tarsaki bo‘ldi», – deb yozdi Rubio X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Makron 24-iyul kuni Fransiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini va u bu haqda BMT Bosh Assambleyasida rasman ma’lum qilishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter