Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroillik radikal siyosatchilar hukumatni tarqatishni aytib, tahdid qildi

Isroillik radikal siyosatchilar hukumatni tarqatishni aytib, tahdid qildi

Isroilning o‘ta o‘ng kayfiyatdagi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Betsalel Smotrich bosh vazir Benyamin Netanyaxuga AQSh tinchlik rejasi qabul qilinsa, hukumatni qulashi bilan tahdid qilishdi. Bu haqda vazirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlariga asoslanib, RBK yozmoqda.

«Bunday kelishuvga rozi bo‘lish mutlaq g‘alaba emas, balki mutlaq mag‘lubiyatdir. Biz HAMASni to‘liq yo‘q qilmasdan turib, urushning tugashiga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya ta’kidladi Ben-Gvir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uning «Otsma Yexudit» partiyasi kelishuv qabul qilingandan keyin hukumatni tarqatib yuboradi. Smotrich, agar kelishuv qabul qilingan taqdirda hukumatni tark etish qarori haqida Netanyaxuni xabardor qilganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga HAMAS bilan kelishuv rejasini taklif qildi, unda Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqib ketish va falastinliklarni G‘azoga qaytarish evaziga barcha garovga olinganlarni ozod qilish nazarda tutilgan. Bunga javoban Netanyaxu G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatish shartlari o‘zgarishsiz qolayotganini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring