Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ITWomen.Uz-2021» loyihasi doirasida marafon o‘tkazildi

«ITWomen.Uz-2021» loyihasi doirasida marafon o‘tkazildi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy Ekopark hududida Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan «ITWomen.Uz-2021» o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga sertifikatlarni topshirish marosimi hamda sport sog‘lomlashtirish tadbiri (1000 metrga yugurish marafoni) o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda «ITWomen.Uz-2021» o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda AKT sohasida o‘z faoliyatini yuritayotgan 200 nafar xotin-qizlar, Vazirlik Markaziy apparati, tizimdagi tashkilot va korxona xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni AKT vaziri o‘rinbosari J.Egamberdiyev hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining bo‘lim boshlig‘i o‘z kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

Shu bilan birga, «ITWomen.Uz-2021» loyihasi doirasida mamlakatimiz hududlarida xotin-qizlar bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan taqdimot ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirning 2-qismida Ayollar marafoniga start berilib ishtirokchilar 1000 metr masofaga yugurishdi. G‘olib qatnashchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring