Ixtisoslashtirilgan IT-maktabga qabul boshlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019-o‘quv yili uchun 5-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Mavzu doirasida: Inhanigina emas, Oksfordni ham ko‘zlashyapti
Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o‘zbek) tilida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Maktab direktori nomiga ariza;
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
- 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
- Yashash joyidan ma’lumotnoma (viloyatdan kelgan o‘quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart);
- 3x4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida);
- O‘quvchining o‘zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf);
- Ota va ona pasport nusxalari;
- Hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi).
Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2018-yil 2-20-iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
Telefon raqami: 262-15-29 (qabulxona), 262-15-38 (o‘quv bo‘limi)
Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter