Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Shakirova Sevara Baxodirovna Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019 yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022 yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023 yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan. 

2023-2024 yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring