Izmirdagi turarjoy binosi yonib ketdi

Bugun Turkiyaning Izmir shahridagi elita turarjoy majmuasida noma’lum sababga ko‘ra kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in juma kuni ertalab, Izmir g‘arbidagi Yenikale hududidagi uyda sodir bo‘lgan.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning Twitter’da yozishicha, yong‘in oqibatida 7 kishi jabrlangan. Ulardan 6 nafari karbonat angidrid gazidan zaharlangan.
Izmir gubernatori Selim Koshgerning aytishicha, qurbonlar yo‘q. Biroq uyning kirish qismi butunlay yonib ketgan.
Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter