Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon xaritasida yangi davlat paydo bo‘lmoqda

Jahon xaritasida yangi davlat paydo bo‘lmoqda

Illyustrativ foto

Yangi davlat — Yangi Kaledoniyaga asos solinishi haqida Fransiyada kelishuvga erishildi, deb xabar berdi Politico.

«Yangi Kaledoniya kelajagi borasida tortishayotgan raqobatchi siyosiy harakatlar shanba kuni ertalab yangi davlat yaratilishini e’lon qilishdi, biroq u Fransiyadan to‘liq mustaqil bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda.

Kelishuvga ko‘ra, Fransiyaning dengizorti hududi avtonomiya huquqini oladi. Bundan tashqari, Yangi Kaledoniya aholisiga alohida fuqarolik, yangi davlatga xalqaro munosabatlarda vakolatlar berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangi davlatga asos solish yo‘lidagi keyingi bosqichlar — Fransiya parlamentidagi ovoz berish hamda orollarning o‘zida o‘tkaziladigan referendum.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil bahorida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi tufayli Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar boshlanib ketgan va Fransiya dengizorti hududiga qo‘shin kiritgandi.

Yangi Kaledoniyaga eng yaqin katta davlat — Avstraliya.

Ma’lumot uchun: Tinch okeani janubida joylashgan Yangi Kaledoniya — o‘nlab orollardan tashkil topgan arxipelag. Umumiy maydoni — 16 372 kvadrat kilometr. Aholisi — 271 960 kishi (2020-y.). Parijdan 15 ming kilometr olisda joylashgan, 1853-yilda Fransiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1946-yilda Fransiyaning dengizorti hududi maqomini olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring