Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda COVID-19 bo‘yicha antirekord qayd etildi

Jahonda COVID-19 bo‘yicha antirekord qayd etildi

Foto: «Cnbc.com»

Dunyo bo‘yicha bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar soni 338 779 kishini tashkil etdi. Bu pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqdagi ma’lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytidagi sarhisob jadvalida keltirilgan.

Eng ko‘p yuqtirish holatini mutaxassislar Shimoliy va Janubiy Amerika (122 715) hamda Yevropa (96 996)da qayd etishdi. Dunyo bo‘yicha jami 36 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan, 1 milliondan ortiq bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring