Jahonda oziq-ovqatlar narxlari yana o‘sishni boshladi
Jahonda oziq-ovqatlar narxi sekin-asta qimmatlashishni boshladi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil aprelida go‘sht, o‘simlik yog‘i va bug‘doyning qimmatlashuvi oziq-oqatlar umumiy qiymatini 0,3 foizga oshirgan.
Global bozorda uch oydan buyon qimmatlashayotgan go‘shtning narxi aprelda 1,6 foizga o‘sdi va aksincha, don va sut mahsulotlari 0,3 foizga, shakar 4,4 foizga arzonlashgan.
Umumiy tendensiya esa yaxshiroq — narxlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foiz arzon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter