Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda Rossiya rahbariyatiga salbiy qarash kuchaydi

Jahonda Rossiya rahbariyatiga salbiy qarash kuchaydi

137 ta mamlakatda Rossiya siyosiy rahbariyatini ma’qullashning o‘rtacha darajasi rekord darajada pastga sho‘ng‘idi.

Ko‘rsatkichlar 2021-yildagi 33 foizdan 2022 yildagi 21 foizga tushdi - bu 2007-yildan beri o‘tkazilgan tadqiqotning butun davri uchun mutlaq minimal ko‘rsatkichdir. Bu haqda Amerikaning Gallup tadqiqot markazi xabar bermoqda.

Rossiya rahbariyatini ma’qullashning eng yuqori darajasi 2020-yilda qayd etilgan - 34 foiz.

Rossiya rasmiylari faoliyatini ma’qullaymagan respondentlarning eng katta qismi Norvegiya, Shvetsiya, Ukraina va Polshaga to‘g‘ri keladi.

Yevropa va MDH davlatlari orasida Rossiya rahbariyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan respondentlarning eng kichik ulushi Serbiya (24 foiz), Qirg‘iziston (30 foiz), Ozarbayjon (46 foiz) va Chernogoriya (49 foiz)da joylashgan.

Rossiyaga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan respondentlarning eng kichik ulushi S’yerra-Leone, Malayziya, Efiopiya va O‘zbekistonda qayd etilgan.

Rossiyaga nisbatan do‘stona yoki betaraf hisoblangan ba’zi mamlakatlarda Moskva faoliyatini ma’qullamagan respondentlarning yuqori foizi qayd etilgan. Ular orasida Braziliya (75 foiz), Argentina (68 foiz), Pokiston (63 foiz), Turkiya (55 foiz) va Eron (46 foiz) bor.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring