Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Janob Olimpiya – 2018» vafot etdi

«Janob Olimpiya – 2018» vafot etdi

Foto: «Roidvisor.com»

«Janob Olimpiya – 2018», professional bodibilder Shon Roden hayotdan ko‘z yumdi. U 46 yoshda edi, deb xabar berdi Daily Star.

Nashrning «Generation Iron»ga yaqin manbalariga ko‘ra, bodibildingchining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Sportchining murabbiyi Kris Aseto uning vafot etganini tasdiqladi.

«Janob Olimpiya» — Xalqaro bodibilding federatsiyasi homiyligida o‘tkaziladigan eng muhim xalqaro bodibilding musobaqasi.

Shon Roden Yamaykada tug‘ilgan va 1990-yilda AQShga ko‘chib ketgan. 1992-yilgacha o‘zini futbolda sinab ko‘rgan. Shundan so‘ng bodibildingga qiziqib qolgan. Bir nechta jarohatlar va otasining o‘limidan so‘ng Rodin spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan va sport karerasini tark etishga majbur bo‘lgan. Biroq sportchi kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi va 2010-yilda bodibildingga qaytdi. 2018-yilda 43 yoshida Rodin «Janob Olimpiya» unvonini qo‘lga kiritdi. U musobaqada g‘olib chiqqan eng keksa sportchiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring