Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

O‘zbekistonning Koreya respublikasidagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra 2019-yilning 9-may kuni Seul shahrida yashaydigan o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yo‘ldoshev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farrux Mo‘minovning (1996-yilda tug‘ilgan)  kvartirasida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada F.Mo‘minov voqea joyida vafot etgan. M.Yo‘ldoshev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Hanil kasalxonasiga olib borilgan. Bu haqda TIV axborotida ma’lum qilindi. 

Konsul va yaqin do‘stlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot o‘tkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari M.Yo‘ldoshevning ahvolidan ham xabar olgan. Vrachlar bemorning holatini og‘ir deb baholamoqda.

Hozirda politsiya tomonidan yong‘in sabablarini va hodisaga sabab bo‘lgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mazkur holatni nazoratda ushlab turgani va O‘zbekistonga jo‘natish masalasi ustida ish olib borayotgani xabar qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring