Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazoni qisqartirish evaziga 15 ming dollar so‘ragan advokat ushlandi

Jazoni qisqartirish evaziga 15 ming dollar so‘ragan advokat ushlandi

Foto: Xavfsizlik

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokatning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. 

Mazkur advokat mansabdor tanishlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumning jazo muddatini qisqartirib berish evaziga uning tanishidan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida faoliyat yurituvchi advokat esa jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi sifatida qatnashib, mansabdor tanishlari orqali sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, uning o‘g‘lidan 2 ming AQSh dollari talab qilgan. 

DXX va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring