Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JIB Norin tuman sudining raisi viloyatga o‘tdi, uning o‘rniga...

JIB Norin tuman sudining raisi viloyatga o‘tdi, uning o‘rniga...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi raisi Jasurbek Qurbonov vakolat muddati davriga Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror kecha bo‘lib Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan. 

Shuningdek, Kengash qarori bilan sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlagan Bobirjon Ergashev shu muddatining besh yilini jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi raisi sifati faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.

Bundan tashqari Kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyaligiga muqobillik asosida ko‘rsatilgan ikki nafar nomzodni muhokama qilib, ikkisini ham rad etdi.

Yig‘ilishda ikki nafar sudyaga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi. Sudyalik qasamyodini buzgani uchun Toshkent viloyat ma’muriy sudining sudyasi vazifasidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring