Kuchli dorilar sotayotgan shaxs tezkor tadbirda ushlandi

Jizzax viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘allaorol tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.R. fuqaro M.X.ga 12 quti kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini 3,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter