Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sarxush qotil: jizzaxlik fuqaro o‘z mahalladoshini pichoqladi

Sarxush qotil: jizzaxlik fuqaro o‘z mahalladoshini pichoqladi

15-iyul kuni yarim tunda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi mahallalarning birida yashovchi M.Sh. uyida tanishi M.U bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘zaro janjallashgan. Natijada M.Sh stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan M.Uning boshini chap yuqori chakka qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, fuqaro M.Uning o‘limiga chap chakka sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan sanchilib kesilgan jarohat, bosh gematomasi va ichki qon ketish sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring