Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden bo‘lajak siyosatining tub mohiyatini ochiqladi

Bayden bo‘lajak siyosatining tub mohiyatini ochiqladi

Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini aytib, xalqqa murojaat qildi. Shuningdek, u bo‘lajak siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.

Uning xalqqa murojaati NBC telekanali tomonidan nashr etildi.

Baydenga ko‘ra, amerikaliklar «qadr-qimmat va halollik, ilm-fan va zamonamizning buyuk janglarida g‘alab umidi uchun» uni va Kamala Xarrisni tanladilar. Siyosatchi koronavirusni jilovlash, farovonlik, sog‘liqni saqlash, irqchilikka qarshi kurash va iqlimni asrash muhim yo‘nalishlar ekanini ta’kidlagan.

Bayden, shuningdek,  demokratiyani himoya qilish va fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish zarurligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Jo Bayden amaldagi rahbar Donald Trampga qarshi kurash olib bordi. Kuni kecha AQSh OAVlari uning g‘alabasini e’lon qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring