Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST koronavirusning to‘rtta xavfli shtammidan ogohlantirdi

JSST koronavirusning to‘rtta xavfli shtammidan ogohlantirdi

Foto:«RBK»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ning eng xavotirli to‘rtta shtammidan ogohlantirdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi paydo bo‘lgan kasalliklar va zoonozlar bo‘limi rahbari Mariya Van Kerkxov ma’lum qildi.

«Jami to‘rtta tur tashvishlanarli», — deydi u. Shu bilan birga, Mariya Van Kerkxov ijtimoiy masofani saqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, terapiya va vaksinalar infeksiyalar tarqalishining oldini olishga yordam berishini ta’kidlagan.

Van Kerkxov o‘z ma’ruzasida COVID-19ning Vetnamda topilgan V-1617.2 shtammiga alohida e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning ushbu mutatsiyasi odamlar orasida oson tarqaladi.

Van Kerkxov mamlakatlarni hushyor bo‘lishga chaqirgan.

Hozirda V.1.617 shtammining tarqalishi kamida 53 mamlakatda rasman tasdiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring