Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin zonalarida uzluksiz aloqa ta’minlanadi

Karantin zonalarida uzluksiz aloqa ta’minlanadi

Karantinga olingan tibbiyot muassasalarida telekommunikatsiya tizimi bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus shifoxona qurilmoqda. Ayni paytda mazkur hududda birinchi qism qurib bitkazildi va chet eldan kelgan 650 nafar yurtdoshlarimiz joylashtirildi.

Bu borada Vazirlik xodimlari ham mazkur ishlarga jalb qilinib, hududdagi barcha ob’yektlarni telekommunikatsiya tizimlariga ulab uzluksiz aloqa bilan ta’minlash ishlarni amalga oshirmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring