Kecha ancha past ko‘rsatkich qayd etildi

2021 yil 4 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176019 (+304) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 13 nafari Namangan viloyatida,
- 38 nafari Samarqand viloyatida,
- 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 42 nafari Toshkent viloyatida,
- 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 171162 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1251 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter