Kim Chen In qayta saylandi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi (KMP) bosh kotibligiga qayta saylandi. Bu haqda 23-fevral kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.
«Qurultoy o‘rtoq Kim Chen Inni KMPning oliy lavozimiga qayta saylash haqidagi ehtirom bilan bildirilgan taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatladi va ma’qulladi», — deyiladi agentlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, ovoz berish jarayoni partiya qurultoyi doirasida bo‘lib o‘tgan va delegatlar bir ovozdan amaldagi rahbar nomzodini yoqlashgan.
Ma’lumot uchun: Kim Chen In KXDRni 2012-yilning aprel oyidan buyon (otasi Kim Chen Ir vafotidan so‘ng) KMP birinchi kotibi sifatida boshqarib kelmoqda. 2021-yilda partiya tizimi isloh qilinib, unga «Bosh kotib» unvoni berilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter