Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda ilk bor «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining aprel oyining birinchi haftasini O‘zbekistonda «Kitobxonlik haftaligi» etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Shu munosabat bilan 5-9-aprel kunlari Respublikamizning barcha hududida «Kitobxonlik haftaligi» tadbirlari o‘tkaziladi.  Bugun O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan «Kitobxonlik haftaligi» boshlandi. Haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Respublika Yoshlar ijodi saroyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot kutubxona markazlarida o‘tkazilmoqda.

Foto:«Xabar.uz»

Ushbu haftalik davomida   «San’at olamiga sayohat», «Hayotingiz davomida o‘qigan eng yaxshi asar», «Yoshlar va kitobxonlik madaniyati», «Ikki avlod uchrashuvi», «Tariximiz bilimdonlari», «Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi» kabi biri-biridan qiziqarli tadbirlar, shuningdek, xalqimizning ardoqli farzandlari Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, Botir Zokirov singari el suygan ijodkorlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kechalar, qiziqarli tanlovlar, kutubxonalar bo‘ylab sayohatlar, kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring