Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KJCh finali. Sovrin Londonga ketdi

KJCh finali. Sovrin Londonga ketdi

AQShda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi — finalda favoritlarni turnirdan chiqarib yuborgan «PSJ» va nisbatan yengil raqiblarni ortda qoldirgan «Chelsi» to‘qnashdi.

Bu mavsumda o‘zi ishtirokidagi barcha turnirlarni g‘alaba bilan yakunlagan va o‘yin oldidan favorit sanalgan parijliklar finalda londonliklardan kutilmaganda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashdi. «Chelsi» raqibi darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi.

Final qahramoni — Koul Palmer, ikkita gol urib, Joao Pedroga goli uzatmani amalga oshirdi.

«Chelsi» yangi formatdagi turnirning ilk chempioni sifatida tarixga kirdi. Bundan tashqari, londonliklar 2021 yilda ham KJCh chempioni bo‘lishgan.

KJCh. Final

13-iyul. Nyu-York. «Metlayf Stedium»

Chelsi — PSJ 3:0

Gollar: Palmer (22, 30), Pedro (43).

Chelsi: Sanches, Gyusto, Chaloba, Koluill, Kukurelya, Fernandes (Santos, 61), Kaysedo, Jeyms (Dyuzberi-Holl, 77), Palmer, Netu (Nkunku, 78), Pedro (Delap, 67).

PSJ: Donnarumma, Hakimi (Ramush, 73), Markinos, Beraldo, Mendesh, Vitinya, Ruis (Zair-Emeri, 73), Nevesh, Dembele, Due (Mayulu, 73), Kvaratsxeliya (Barkolya, 58).

Ogohlantirishlar: Netu (34), Kaysedo (36), Gyusto (40), Koluill (82), Mendesh (90+4).

Chetlatish: Nevesh (86).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring