Klonlash sohasi kashshofi 92 yoshida vafot etdi
Klonlash sohasi kashshofi va 2012-yilgi tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, britaniyalik biolog Jon Gyordon 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi.
Gyordon 1962-yilda baqa hujayrasidagi genetik materialni yadrosiz tuxumga ko‘chirib o‘tkazib, uni klonlashga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu tajriba sohadagi keyingi tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Oradan o‘ttiz yil o‘tib, Edinburg universiteti tadqiqotchilari Gyordon usuli bilan Dolli laqabli qo‘yni klonlashgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter