Kobulda navbatdagi portlash: bu safar harbiy akademiyaga hujum qilindi (video)

Afg‘onistondagi Marshal Fahim harbiy akademiyasi yaqinida besh nafar qurolli shaxs hujum qilishi natijasida 11 askar halok bo‘ldi, 15 nafari yaralandi. Bu haqida «Reuters» xabar tarqatdi.
Mamlakat mudofaa vazirining aytishicha, jinoyatchilarning 4 nafari to‘qnashuvda halok bo‘lgan, bittasi qo‘lga tushgan. Mazkur terakt bo‘yicha javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga olgan.
/nginx/o/2018/01/29/7525039t1h5811.jpg)
Ikki kun avval ham Kobulda 100 kishining umriga zomin bo‘lgan mudhish terakt sodir etilgandi.
«Biz vaziyatni nazoratga olish va xalq xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmoqdamiz», — degan mamlakat mudofaa vaziri Toriqshoh Bahromiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter