Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kadagi 5 ta tashabbusning barchasi mujassamlashgan yangi majmuaning loyihasi e’lon qilindi (foto)

Bo‘kadagi 5 ta tashabbusning barchasi mujassamlashgan yangi majmuaning loyihasi e’lon qilindi (foto)

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Agentlik tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 5 ta tashabbusning barchasi mujassamlashgan va konteynerlardan iborat ilk yangi loyihaning ish jarayoni bilan tanishdi.

Majmua kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kafelar, muzqaymoq do‘konlari, kiber sport va kompyuter o‘yinlari uchun maxsus arenalar, Wi-Fi hududlari, yopiq amfiteatr, bolalar o‘yingohi, vorkaut va badan tarbiya uchun maydon, yugurish va velosiped yo‘lakchalari, mini futbol maydoni hamda badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan universal maydon, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi uchun do‘konni o‘z ichiga oladi.

Ushbu majmua har oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring