Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komilov, Davletov va Umrzoqovlarning lavozimlari o‘zgardi

Komilov, Davletov va Umrzoqovlarning lavozimlari o‘zgardi

Prezident Administratsiyasida yana yangi tayinlovlar amalga oshirildi. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbariga beshta o‘rinbosar tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring