Saudiya Arabistoni Jo‘lon tepaliklari bo‘yicha AQSh chiqargan qarorni qoraladi

Saudiya Arabistoni hech qanaqasiga Jo‘lon tepaliklari bo‘yicha Suriya suverenitetiga dahl qilinishiga rozi bo‘lmaydi. Bu haqida mamlakat qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud bayonot berib o‘tdi.
Tunisda bo‘lib o‘tayotgan Arab davlatlari Ligasi yig‘ilishida Saudiya Arabistoni qiroli chiqish qildi va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorida Falastin davlati tashkil etilishi borasida o‘z pozitsiyasida muqim turganini bildirdi. Ushbu davlat poytaxti sharqiy Quddus bo‘lishi lozimligi aytilgan.
Saudiya Arabistoni o‘tgan hafta davomida AQShning Jo‘lon tepaliklarini Isroilga tegishli ekani to‘g‘risida qilgan bayonotini qoralab chiqqan edi. Arab davlatlari Ligasi sammiti AQShning Jo‘lon tepaliklari bo‘yicha qilgan bayonotiga katta e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 25 mart sanasida Jo&l
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter