Koronavirus AQSh yakkahokimligiga nuqta qo‘ydi — Fransiya

Koronavirus pandemiyasi Ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘rnatilgan dunyo tartibiga va AQShning xalqaro maydondagi yakkahokimligiga nuqta qo‘ydi.
Fransuz jurnalistlarining fikricha, bunda Xitoyning yuksalishi muhim rol o‘ynadi: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro hamjamiyatni koronavirus pandemiyasi xavfidan vaqtida boxabar eta olmagani ham tashkilotning Xitoy ta’siri ostiga tushib qolganini ko‘rsatadi.
AQSh global arenada XX asrdagidek yetakchilik mavqeiga ega emas. Vashington oxirgi yillarda ushbu missiyasidan tobora og‘ib borayotgandi, mamlakat tushib qolgan koronainqiroz esa amerikaliklarni bu roldan butunlay mahrum etdi, deyishmoqda «Le Monde» nashrida chiqqan maqola mualliflari.
Bundan tashqari, COVID-19 Yevropa birdamligiga ham qaqshatqich zarba berdi. Pandemiya qarshisida yarog‘siz qolgan Yevropa ittifoqi koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan mamlakatlariga yordam bera olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter