Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus dunyo iqtisodiga qanchaga tushgani hisoblab chiqildi

Koronavirus dunyo iqtisodiga qanchaga tushgani hisoblab chiqildi

Dunyoning mamlakatlari koronavirusga qarshi kurashga 13 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladilar, deb yozadi Nikkei mutaxassislarning fikriga asoslanib.

Miqdor AQSh Kongressida kelishilgan holda mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirish bo‘yicha qariyb 900 milliard dollarga teng chora-tadbirlar to‘plamini hisobga oladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2021 yilda global davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 125 foiziga etadi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli global iqtisodiyotga yetkazilgan umumiy zarar 2021-yil oxiriga kelib 7 trillion dollarni tashkil etadi. Ushbu prognozni ilgari Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining bosh iqtisodchisi Lorens Boon bergan edi.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu yil iyul oyida milliy qarz jahon yalpi ichki mahsulotining 128 foiziga teng bo‘lgan. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o‘sish tufayli qarzdorlik darajasini tezda qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. 1959 yilga kelib, qarzning YaIMga nisbati ikki baravar ko‘paydi.

Mutaxassislarning fikricha, vaksina bilan bog‘liq xarajatlar hali hisoblangani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring