Koronavirus holati bo‘yicha yangi statistika e’lon qilindi

2021 yil 7 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yana 420 nafarga yaqin kishida kasallik qayd etildi, 3 nafar bemor vafot etdi. Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177383 (+419) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanishlar hududlar kesimida quyidagicha aniqlangan:
- 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 12 nafari Namangan viloyatida,
- 34 nafari Samarqand viloyatida,
- 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 31 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 99 nafari Toshkent viloyatida,
- 166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, kasallikdan sog‘ayganlar jami 172656 (+399) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1263 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter