Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tufayli maktablarda ta’til 15 martda boshlanadimi?

Koronavirus tufayli maktablarda ta’til 15 martda boshlanadimi?

Foto: XTB matbuot xizmati kanali

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 mart kunidan boshlab ta’til e’lon qilinishi haqida ma’lumot tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mazkur tarqatilgan ma’lumot noto‘g‘riligini ma’lum qiladi. O‘quvchilar o‘tgan yillarida bo‘lganidek, 21 mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til yetti kun davom etadi.

Ta’kidlash lozimki, Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada.

Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.

Xalq ta’limi vazirligi zaruriyat tug‘ilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring