+181. Koronavirus yuqtirganlar rasmiy soni 83 mingdan oshib ketdi

2021-yil 31-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83050 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash rasmiy statistikasida ma’lum qilindi.
Yangi kasallanish holatlarining:
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
2nafari Namangan viloyatida,
11 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
18 nafari Toshkent viloyatida,
127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter