Koronavirus yuqtirish bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi

2021-yil 30-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91250 (+442) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 53 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 60 nafari Toshkent viloyatida,
- 259 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 650 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3287 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter