Yurtimizda koronavirus yuqtirish holatlari biroz pasaydi — statistika

2021-yil 5-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83935 (+133) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
3 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
16 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
3 nafari Xorazm viloyatida,
3 nafari Toshkent viloyatida,
93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1422 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter