Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar yangi bemorlar sonidan ancha past bo‘lib qolmoqda

Koronavirusdan sog‘ayganlar yangi bemorlar sonidan ancha past bo‘lib qolmoqda

2021-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157872 (+736) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

82 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
23 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
11 nafari Navoiy viloyatida,
22 nafari Namangan viloyatida,
58 nafari Samarqand viloyatida,
19 nafari Sirdaryo viloyatida,
32 nafari Surxondaryo viloyatida,
72 nafari Farg‘ona viloyatida,
27 nafari Xorazm viloyatida,
108 nafari Toshkent viloyatida,
238 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 149767 (+494) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1093 nafarni tashkil qildi.

1 sentyabr kuni 266 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 24175 nafarga yetdi. Kecha ularning 258 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16834 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 177 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring