Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan bolalar qachon rejali profilaktik emlanadi?

Koronavirusga chalingan bolalar qachon rejali profilaktik emlanadi?

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bolalar rejali profilaktik emlashlarni olishi mumkinmi yoki yo‘q – bu bugun aksariyat yosh onalarni o‘ylantirayotgan eng muhim savollardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

SSV Matbuot xizmati ushbu savol yuzasidan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Pediatriya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori, pediatr-gastroenterolog Zulfiya ABDUJABBAROVAGA murojaat qildi.

— Rejali emlash yoshidagi (0-16 oylikgacha) bolalar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan vaqtda navbatdagi rejali emlash to‘xtatib turiladi, — deydi Z.ABDUJABBAROVA. — Agar ularda kasallik yengil yoki o‘rta og‘ir darajada kechgan bo‘lsa, bunday bolalar kasallikdan to‘liq tuzalganidan so‘ng 14 kundan keyin reja asosida profilaktik emlashlarni davom ettirishlari mumkin.

Biroq agar bolada COVID-19 infeksiyasi og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechgan bo‘lsa va kasallikdan so‘ng tananing turli a’zolarida asoratlar kuzatilsa, bunday hollarda ularga emlashni davom ettirishga individual tarzda yondoshish lozim bo‘ladi. Ya’ni, bola COVID-19 infeksiyasidan to‘liq tuzalgandan so‘ng hududiy poliklinikada bir necha tor mutaxassislardan iborat maxsus immunologik komissiya tuziladi.

Komissiya tarkibiga bola tanasida kasallikdan keyingi asoratlardan kelib chiqqan holda nevropatolog, kardiolog, nefrolog va boshqa tor doiradagi mutaxassislar jalb etiladi va ana shu komissiyaning xulosasi bilan u rejali ravishda emlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring