Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni 4901 nafarga yetdi

Koronavirusga chalinganlar soni 4901 nafarga yetdi

2020-yil 13-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4901 (+32) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 10 nafari esa xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1124 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring