Koronavirusni davolashda samarali dori aniqlandi

Braziliyalik tadqiqotchilar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda nitazoksanid antigelmintik preparatining samarador ekanini aniqladilar. Bu haqda Braziliya fan, texnologiya va innovatsiya vaziri Markus Pontis prezident saroyidagi marosim paytida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu preparatning virus yukini kamaytirish qobiliyati ilmiy jihatdan isbotlangan.
«Bu dorini qabul qilganlarning kasallik yuqtirishi susayadi. Shuningdek, boshqa jiddiy asoratlar kelib chiqishi ehtimoli kamayadi», dedi Pontis.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mingga yaqin dori-darmonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonida aynan nitazoksanid yangi koronavirusga qarshi kurashda eng yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Laboratoriya tadqiqotlari olimlar tomonidan 1,5 mingga yaqin ko‘ngillilar ishtirokidagi keyingi klinik sinovlar davomida tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter