Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni to‘liq zararsizlantiruvchi modda topildi

Koronavirusni to‘liq zararsizlantiruvchi modda topildi

Foto: EPA/UPG

AQShdagi Pittsburg universiteti olimlari hatto eng kam dozasi ham koronavirusni neytrallashtira oladigan (zararsizlantiruvchi) oqsilni aniqlashdi. Ushbu tadqiqot-maqola 14-sentyabr kuni «Cell» jurnalida e’lon qilindi.

Bu yerda gap to‘laqonli antitanachadan 10 baravar kichik, «COVID-19»ga qarshi «Ab8» dorisini yaratish uchun qo‘llanilgan oqsilli birikma haqida bormoqda.

«Molekulyar o‘lchamli bu birikma to‘qimalarga yaxshi diffuziyalanadi (singadi). Bu xususiyat virusni zararsizlantirish hamda dorini ingalyasion yo‘l bilan qabul imkoniyatlarini oshiradi. Birikma inson to‘qimalari bilan bog‘lanmasligi esa uning organizmga salbiy oqibatlarini pasaytirish imkonini beradi», — deyiladi tadqiqotda.

Ushbu modda 100 milliarddan ziyod potensial molekulalar orasidan koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kira oluvchisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan izlanishlarda topildi. Aynan u orqali patogen organizmga kiradi.

Olimlarga ko‘ra, «Ab8» ushbu oqsilli birikmaning immunoglobulin bilan birlashishidan hosil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring