Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning haqiqiy «basharasi» ma’lum bo‘ldi (video)

Koronavirusning haqiqiy «basharasi» ma’lum bo‘ldi (video)

Foto: «Avanta-med.ru»

Saudiya Arabistonida qirol Abdulla nomidagi fan va texnologiya universiteti olimlari koronavirusning eng aniq 3D-modelini yaratishdi.

Muassasa saytining ma’lum qilishicha, modelni yaratish uchun oqsillar ma’lumotlar bazasi va mikroskop yordamida olingan tasvirlardan foydalanilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning modeli SARS-CoV-2 virusining zamonaviy tuzilishini atom darajasida ochib beradi va ilgari ko‘rish mumkin bo‘lmagan qismlarini namoyish etadi.

«Bizning modelimiz shunchaki lipid membranasiga ixtiyoriy joylashtirib chiqilgan boshoqli oqsillarni emas, hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan virusning to‘liq ultratuzilmasini ko‘rsatib beradi», — deya ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.

Olimlarning fikricha, ularning modeli virusning avval o‘rganilmagan qirralarini tadqiq etishga hamda COVID-19ga qarshi dorilarni yaratishni tezlashtirishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring