«Lenovo» ekrani bukiluvchi ilk noutbugini taqdim etdi — CES-2020
![«Lenovo» ekrani bukiluvchi ilk noutbugini taqdim etdi — CES-2020](http://static.xabar.uz/crop/3/7/720_460_95_3767472694.png)
Xitoyning «Lenovo» kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan Consumer Electronics Show (CES) 2020 ko‘rgazmasida ekrani bukiluvchi «ThinkPad X1 Fold» noutbugini taqdim etdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/17/720___OyfJ35I_nhlCv8TXqak0unSPtJh67sq.jpg)
Bu «Windows» operativ tizimida ishlovchi ilk bukilma ekranli qurilmadir. Undan planshet kompyuter sifatida foydalanish yoki magnitli klaviaturaga ulab to‘laqonli noutbuk sifatida ishlatish mumkin.
«ThinkPad X1 Fold» 2020-yilning o‘rtalarida sotuvga chiqariladi. 13,3 dyuymli ekrani bukiluvchi «Lenovo»ning narxi $2500 atrofida. Noutbuk beshinchi avlod aloqa standarti — 5G ni ham qo‘llaydi. «Lenovo» qo‘shimcha qilishicha, bukiluvchi ekranli qurilmalar uchun «Microsoft» kompaniyasi «Windows 10» operativ tizimining maxsus talqinini ishlab chiqadi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/17/720__Tw7E_bzkOxnWD_LpWtkCntm9bTB6xYBv.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter